Gvardiola “Oltin to‘p” sohibi o‘rniga boshqa o‘yinchi tanladi

  • 12 mart, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jarohati tufayli uzoq muddat “Manchester Siti”ga yordam bera olmay kelayotgan Rodri Ernandes mashg‘ulotlarga kirishgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Tecno

“Oltin to‘p”ning amaldagi sohiba qachon yuqori sport formasiga chiqishi hozircha noma’lum.

Bundan tashqari, Xosep Gvardiola tarkibni yangilash siyosatini davom ettirib, Rodrining o‘rniga ham o‘yinchi tanlab qo‘ydi. Ispaniyalik mutaxassis tayanch yarim himoyachi sifatida “Kristan Pelas” vakili Adam Uortonni o‘ynatmoqchi.

Todofichajes nashrining yozishicha, 21 yoshli futbolchining o‘zi ham sovrinli o‘rinlar uchun kurasha oladigan klublardan birida o‘ynash imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

“Kristal Pelas” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchi bugungi kunda 32 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!