Gvardiola nega "Manchester Yunayted"ga qarshi Husanov maydonga tushmaganini qisman ochiqladi!

  • 12 aprel, 12:55
  • Bilolbek Imomov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda bir necha futbolchilarning zaxirada qolganini izohladi. 
 
"Men ushbu o‘yinga tajribali futbolchilarni tanladim, balki ular barcha sxemalarni yaxshiroq bilishadi deb o‘yladim. Ammo bu MYuga qarshi o‘yinda amalga oshmadi. Shu bilan birga, men har doim tajribali futbolchilarni istayman, ular aynan nima qilish kerakligini, pozitsiyasini biladi, ba’zida ko‘proq mas’uliyatni ham o‘z qo‘liga oladi — men xohlagan narsa shu edi" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" 6 aprel kuni Ruben Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" bilan to‘qnash kelib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. Mazkur bellashuv milliy terma jamoamiz a’zosi hisoblangan Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
12/04/2025 22:09
Шу Абдукодир Узбекистонга келмасин, шатак киб ташладингларинг, кепкани, хот дог ни, памперсни реклама килиб, улар профессионал ахир, кунлик соатбай режим билан юриши керак, узимиз узимизни шу ахмокона блогер лар туфайли синдирамиз, умуман якинлаштирмаслик керак кашанги -ашангиларни, мана Даврон Файзиев бор, шу оркали гаплашсин ( рухсат Даврон берса мархамат, ) сабаб Файзиев футбол ичида юрган мутахасис нима керак нима керак эмас билади
Bek
12/04/2025 18:52
Короче сила мактевуриб фозилов деган чала блогер олдидан еетме кутинга урдиларин
Baxil Alihuja
12/04/2025 15:42
бу уйинда гол уриш керак эди, Хусанов химоячи, у гол уришга ихтисослашмаган.
Baxil Alihuja
12/04/2025 15:37
Хусанов мю га карши уйнамагани сабаби, мю хужумда ожиз жамоа. бу уйинда химоя эмас, хужум мухим эди!
хисобни куринг, фикримни исботи бу