
Gvardiola "Napoli"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng qanot himoyachisini alohida e’tirof etdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida "Napoli"ga qarshi (2:0) bahsda Niko O‘’Raylining o‘yinini alohida ta’kidladi. 20 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushib, o‘zining asosiy pozitsiyasi bo‘lmagan chap qanot himoyachisi sifatida to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
"O‘’Rayli – eng yuqori darajadagi futbolchi. U uch-to‘rtta pozitsiyada harakat qila oladi. Standartlarda, birga-birda yaxshi, to‘p bilan juda zo‘r ishlaydi. Umid qilaman, bu erda uzoq yillar to‘p surishni davom ettiradi", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Niko O‘’Raylining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Fikrlar