
Gvardiola "Napoli"ga qarshi o‘yin va kelayotgan "Arsenal"ga qarshi bahs haqida gapirdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1-turida "Napoli" ustidan qozonilgan g‘alabani ijobiy baholadi.
"Chempionlar ligasida mavsumga a’lo start berdik.
Ha. Biz uzoq vaqt ko‘pchilik bo‘lib o‘ynadik. Italiya jamoalari himoyada ajoyib harakat qilishadi. Chempionlar ligasida ularga qarshi ko‘p marta to‘qnash kelganman. Ular mustahkam, diqqatli… Ularga havas qilaman.
Juda xursandman. Bu og‘ir hafta bo‘ldi, yakshanba kuni esa bizga "Arsenal"ga qarshi juda qiyin o‘yin kutmoqda. Biroq, biz unga yaxshi kayfiyat bilan etib boramiz", – dedi Gvardiola TNT Sports'ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 21 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar