
Gvardiola “Manchester Siti”ning keyingi murabbiyi nomini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaqin kelajakda uning o‘rnini qaysi mutaxassis egallashi mumkinligini aytdi.
- Vinsan Kompani kelajakda “Manchester Siti” bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu gapimni eslab qoling. Ha, bu albatta ro‘y beradi. Bu ish amalga oshganda menga qo‘ng‘iroq qilasizlar hali, - dedi Xosep Gvardiola.
Vensan Kompani futbolchilik davrida 11 yil davomida “shaharliklar” sharafini himoya qilib, to‘rt marotaba Angliya chempioni bo‘lgan.
O‘tgan yili belgiyalik mutaxassis “Byornli” bosh murabbiyi sifatida ishlab, bu jamoani Premer-ligaga olib chiqqandi. Bu mavsum jamoa yuqori diviziondagi joyini saqlab qola olmadi.
Vinsan Kompanining o‘zi “Bavariya”ni qabul qilib olishi kutilmoqda. Tomonlar har tomonlama kelishuvga erishib bo‘lgan. Transfer rasman e’lon qilinishi qoldi xolos.
Fikrlar