
Gvardiola “Manchester Siti”ning alishtirib bo‘lmas o‘yinchisi kimligini aytdi. Bu Xoland emas!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining asosiy o‘yinchisi kimligini aytdi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, “shaharliklar”ning alishtirib bo‘lmas o‘yinchisi Bernardu Silva ekan.
- Men Silvaning jamoa uchun muhim o‘yinchi ekani haqida uzoq gapirishim mumkin. Klubda uni hamma qadrlaydi.
Biz uni jamoada saqlab qolganimiz haqiqiy omadimiz bo‘ldi. U biz uchun alishtirib bo‘lmas o‘yinchi. Uning o‘zi ham bu erda baxtiyor, - dedi Xosep Gvardiola.
29 yoshli portugaliyalik hujumkor futbolchi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida ettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita assist qayd etdi.
Fikrlar