Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etadigan bo‘lyapti

  • 2 aprel, 2024, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xosep Gvardiola keyingi mavsum oxirida “Manchester Siti” bosh murabbiyligini topshiradi, deb habar bermoqda Evropa matbuoti.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar”ga 2016 yildan beri ustozlik qilyapti. Uning boshqaruvidagi davr klub tarixida eng muvaffaqiyatlisi hisoblanadi.

Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” besh marotaba Premer-liga, ikki marta Angliya kubogi, to‘rt bor Liga kubogi va o‘tgan yili Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

Dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Pep biror klubda u qadar uzoq ishlamagan. Gvardiola “Barselona”da to‘rt mavsum, “Bavariya”da esa uch yil bosh murabbiylik qilgan.

Murabbiyning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Football Insider nashrining yozishicha, 53 yoshli mutaxassis xuddi “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp singari futboldan biroz dam olishni rejalashtirmoqda.

Qolaversa, Angliya Premer-ligasi aynan kelasi mavsum oxirida “Manchester Siti”ning 115 ta qoida buzarligi bo‘yicha hukm chiqarishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!