Gvardiola mag‘lubiyat aybdori kimligini aytgan Xolandga qarshi chiqdi

  • 22 dekabr, 2024, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” chempionatning 17-turida “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Bu manchesterliklarning so‘nggi 12 ta uchrashuvda 9-mag‘lubiyati bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyin Erling Xoland mag‘lubiyat uchun aybni o‘z bo‘yniga oldi va buni etarli darajada yaxshi o‘ynay olmayotgani bilan izohladi.

Xosep Gvardiola uning fikriga qo‘shilmadi.

- Xolandning fikriga qo‘shilmayman. Agar u tarkibda bo‘lmaganida bundan ham yomon o‘ynagan bo‘lardik.

Lekin menga futbolchilarning mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, fikr yuritayotgan yoqyapti. Bunday tushunchalar bizni g‘alabaga etaklaydi.

Xolandning qarashlariga qo‘shilmasligimning yana bir jihati shundaki, biz u gol urishi uchun unga ko‘proq to‘p etkazib berishimiz kerak.

Endi bor e’tiborimizni qayta tiklanib olib, keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga qaratamiz, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!