Gvardiola “Machester Siti”ning chempionlik imkonini baholadi
Angliya Premer-ligasining 14-turida “Manchester Siti” safar uchrashuvda “Fulxem” ustidan 5:4 hisobida zafar quchdi va musobaqa jadvalidagi ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.
Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola chempionlik kurashi haqida o‘z fikr-mulohzalarini bildirdi.
- Mavsum masofasi juda uzun. Men uzoq davom etadigan chempionlik poygalarida ishtirok etishda boy tajribaga egaman. Hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Biz Premer-ligada olti marta g‘olib chiqqanmiz. To‘rt yoki besh holatda biz dekabr-yanvar oylariga kelib, peshqadamdan to‘rt-besh ochkoga ortda qolayotgan edik. Oxir-oqibat baribir chempion bo‘lganmiz.
Izchillikni saqlash, takomillashish kerak. APLda tez rivojlanadigan jamoa yutadi. Biz aynan shunga intilamiz. Shuningdek, jarohatlardan qochish ham muhim, - dedi ispaniyalik mutaxassis City Report nashri bergan intervyusida.



Fikrlar