
Gvardiola: "Kuchli bo‘lib qaytamiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning joriy mavsumdagi harakatlarini baholadi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda va Chempionlar Ligasidan tark etdi.
- Bu mavsumda biz avvalgi "Siti" kabi o‘ynamadik. Biz bilgan "Siti" juda ajoyib edi... Tez orada kuchli bo‘lib qaytamiz, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
APLning 27-turida Abduqodir Husanov jamoasi safarda "Tottenxem"ni kichik 0:1 hisobida mag‘lub etdi. Mavsum yakunida jamoani sakkiz futbolchi, jumladan Kevin De Bryuyne va Ilkay Gyundogan tark etishi kutilmoqda. Shuningdek, darvozabon Ederson, himoyachi Jon Stounz va boshqa ba’zi asosiy tarkib futbolchilariga yangi klub topish tavsiya etilgan.
Fikrlar