Gvardiola: Klubda boshqa murabbiylik qilmayman!

  • 12 dekabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ni Angliya Premer-ligasining eng muvaffaqiyatli jamoasiga aylantirgan Xosep Gvardiola kelajagi haqida fikr bildirib, boshqa klublarda ishlamasligini ma’lum qildi.

Tecno

- Boshqa jamoani boshqarishni istamayman. Tabiiyki, hozirgi ishimni to‘xtatmayman va yaqin o‘rtada “Manchester Siti”dan ketish rejam yo‘q.

Boshqa mamlakatga borib, hammasini boshidan boshlash niyatida emasman. Bunga toqatim etmaydi. Butun tayyogarlik va mashg‘ulotlar jarayonini yo‘lga qo‘yib haqida o‘shlashni istamayman. Lekin milliy terma jamoada ishlash bu boshqa masala, - dedi Xosep Gvardiola.

Ispaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”da murabbiylik qilgan va barcha jamoalari bilan muvaffaqiyatga erishgan.

Xosep Gvardiola “shaharliklar”ga 2026 yildan beri ustozlik qilmoqda va yaqinda klub bilan hamkorligini 2027 yilning yarmigacha uzaqtirishga rozi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Футболчи
12/12/2024 17:16
"Хосеп Гвардиола “шаҳарликлар”га 2026 йилдан бери устозлик" - этиборли булиб ёзишса, яхши буларди. Хали 2026 йил кириб кемади шакилли