
Gvardiola Keynni "Siti"da ko‘rmoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasi safida "Tottenxem" forvardi Xarri Keynni ko‘rishni istaydi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar” bilan shartnomani uzaytirishdan oldin tarkibda qaysi futbolchilarn ko‘rishni xohlashini aytgan. Bu boradagi asosiy nomzod aynan Keyn bo‘lgan. Gvardiola “Siti” rahbariyati uning transferi bo‘yicha ishlarni faollashtirishini istamoqda.
O‘z navbatida, agar “shporlar” bu mavsum ham sovrinsiz qolsa, Keyn katta ehtimol bilan jamoadan ketadi.
Xarri Keyn joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar