Gvardiola “Jirona”ning to‘rt futbolchisini olib ketmoqchi

  • 24 yanvar, 2024, 17:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” sport direktori Chiki Begiristayn Ispaniya chempionati doirasida “Jirona” va “Sevilya” o‘rtasidagi uchrashuvga keldi.

Tecno

Crónica Global nashrining tasdiqlashicha, Xosep Gvardiola jo‘natgan mutaxassis bir necha o‘yinchilarni kuzatgan. “Shaharliklar”ning asosiy nishoni ukrainalik hujumchi Artyom Dombik hisoblanadi. U “Sevilya”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda xet-trik qayd etdi.

“Siti” kuzatuvida bo‘lgan Viktor Tsigankov ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

Chiki Begiristayn bu ikki o‘yinchidan tashqari, hujumchi Savo Moreyra va yarim himoyachi Yan Koutoning harakatlarini ham baholab borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!