
Gvardiola jarohatlargan Rodri o‘rnini “Barsa” yulduzi egallashini istayapti
“Manchester Siti” etakchisi Rodri og‘ir jarohat oldi. Ispaniyalik yarim himoyachi bu mavsum maydonga qaytmaydi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Rodrining o‘rniga bir necha variantlarni o‘rganib chiqmoqda.
Ispaniyalik murabbiy jamoaga “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongni olib kelishni rejalashtirmoqda.
Bu tomonda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatdan qutilib, uzoq muddatdan keyin mashg‘ulotlarga qaytgan niderlandiyalik futbolchi “Barselona”ning o‘ziga kerak ekanini ta’kidlamoqda.
“Barselona” rahbariyati esa, Ispaniya chempionatida eng katta maosh oladigan Frenki de Yongdan tezroq qutilib, xarajatlarni qisqartirishni istayapti.
Fikrlar