Gvardiola Husanovning “Chelsi”, “Nyukasl”, “Real” va “Liverpul”ga qarshi o‘yinlarini baholadi

  • 25 fevral, 18:37
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasida “Manchester Siti” “Tottenxem” bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuvdan avval jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, hamyurtimiz Abduqodir Husanov va boshqa yangi transferlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Shaxsan men uchun ular yaxshi taassurot qoldirishdi, mashg‘ulotlarga ajratilgan vaqtni hisobga olgan taqdirda ham.

Ayniqsa, Husanov “Chelsi”, “Leyton Orient”, “Nyukasl Yunayted”, “Real Madrid” va “Liverpul”ga qarshi o‘ynab, samarali harakat qildi. Bu esa men uchun manzur keldi.

Shu bilan birga, Marmush ham shunday taassurot qoldirdi. Niko esa kamroq o‘ynadi, lekin u ham juda yaxshi harakat qildi" – deya ta’rif berib o‘tdi, ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar”ning navbatdagi uchrashuvi 26 fevraldan 27 fevralga o‘tar kechasi soat 00:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Зокир
25/02/2025 19:38
ELDOR HUSANOV MUXLISLAR FIKRINI YOZILAR BIZ UCHUN QIZIQ ATAY KUZATAMAN