
Gvardiola Husanovdan nimalar kutyapti?
Abduqodir Husanovning qisqa fursatda Angliya futbolida ham ishlari bu qadar jadal yurishib ketishini ko‘pchilik kutmagan edi.
Frantsiya chempionatidan 20 yanvar kuni jahon futbolining eng murakkab va shiddatli ligasiga kelgan yosh himoyachiga yangi mamlakat darajasiga moslashishi uchun umuman vaqt kerak bo‘lmadi. Umuman olganda, Manchesterga kelganidan keyin “Chelsi” qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning dastlabki o‘n daqiqasini Abduqodir uchun moslashish davri bo‘ldi, deyish mumkin.
O‘sha o‘yinning qolgan daqiqalaridan boshlab, legionerimiz o‘zini o‘nglab oldi.
“Manchester Siti” uchrashuvlarda qanday natija qayd etishidan qat’i nazar, 21 yoshli himoyachimiz o‘z ishini maromiga etkazib bajarmoqda.
“Shaharliklar”ning faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manba – cityxtra.co.uk ekspertlari bosh murabbiy Xosep Gvardiola mavsumning qolgan qismida Abduqodir Husanovdan himoya chizig‘ining etakchisi sifatida o‘ynab berishni kutayotganini ta’kidlamoqda.
- Premer-liga uchrashuvida “Manchester Siti” safarda asosiy raqobatchisi “Nottingem Forest”ga 0:1 hisobida yutqazib, musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rindan tushgan bo‘lsa ham, bellashuvda yuqori saviyada o‘ynagan Abduqodir Husanov yana ustozidan navbatdagi maqtovlarni qabul qilib oldi.
Aslida bu bahsda har tomonlama ustunlik “Manchester Siti” tomonida bo‘ldi. “Shaharliklar”ni o‘yinning katta qismini o‘z nazorati ostida ushladi, biroq raqib darvozasini ishg‘ol qilish uchun yo‘l topa olmadi. Raqib esa, oxirgi o‘n daqiqalikda Kallum Xodson-Odoining harakatlari evaziga g‘alaba to‘pini kiritdi.
Bellashuvda himoya chizig‘ining barqarorligini ta’minlash Abduqodir Husanov zimmasiga tushdi va o‘zbek futbolchini qat’iyatli harakatlari bilan buni uddaladi ham. U himoyadagi mardonavor o‘yini bilan “Manchester Siti”ning butun dunyoga yoyilgan muxlislari yoqimtoyiga aylanib bormoqda, - deb yozdi cityxtra.co.uk portali mutaxassisi Freddi Pay.
Xosep Gvardiola ham jurnalistlar bilan suhbatlarda o‘zbek futbolchisi jamoaning muhim bo‘lagiga aylanib borayotganini ko‘p e’tirof etmoqda.
- Husanovning jamoaga ta’siri juda zo‘r. Biroq biz undan ortiqcha narsa talab qila olmaymiz. Abduqodir himoyani mustahkam ushlayapti, o‘yinga bor diqqatini qaratyapti, bu juda yaxshi holat, - dedi Xosep Gvardiola.
Abduqodir Husanov “Lans”dan kelganidan beri boshi ishdan chiqqani yo‘q. Bu ko‘p jihatdan uning himoyadagi sheriklari jarohatlar tufayli uzoq muddatlarga safdan chiqayotgani bilan bog‘liq. Bundan vaziyatda o‘zbek legioneri yosh bo‘lishiga qaramay, og‘ir mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishiga to‘g‘ri kelyapti.
Xususan, toshkentlik futbolchi “Nyukasl”, “Real”, “Liverpul” va “Tottenxem” singari qudratli raqiblarga qarshi yuqori darajada o‘ynadi va kundan kunga kuchga to‘lib borayotganini ko‘rsatdi.
- “Manchester Siti” himoya chizig‘ida jarohatlar bilan bog‘liq vaziyatlarni inobatga olib, Abduqodir Husanov joriy mavsum oxirigacha asosiy tarkibning muhim va muqim o‘yinchisi bo‘lishi kafolatlangan. Balki bu holat kelasi mavsum ham davom etar, - degan xulosani o‘rtaga tashladi, - cityxtra.co.uk portali mutaxassisi Freddi Pay.
Joriy mavsumda “Manchester Siti” chempionlik unvonini himoya qilolmaydi. Xosep Gvardiola uning shogirdlari kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Angliya kubogi uchun kurashishi ta’kidladi.
Shomurodov g‘azabda bir zarba bilan darvoza to‘rini teshmoqchi bo‘ldi!
Abbosni Evropada kutishyaptimi? Mashhur agent Husanov va Fayzullaevning farqini aytdi!
Fikrlar