Gvardiola Harri Keynni olishdan voz kechmoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar davrida asosiy nishon sifatida “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni olib kelmoqchi edi. Biroq, London klubi prezidenti Daniel Levi to‘purarini jamoada olib qolish maqsadida uning narxini 150 million funtdan tushirmayapti.
Tabiiyki, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz vaqtida hech qaysi klub bir futbolchiga shu darajada katta xarajat qilmaydi.
Shuning uchun ham Angliya chempionlari e’tiborini boshqa hujumchilarga qaratadigan bo‘ldi. Gvardiola Keynning o‘rniga “Inter”ni chempion qilgan Romelu Lukaku yoki uning hujumdagi sherigi Lautaro Martinesni olishni rejalashtirmoqda.
Bu to‘purarlarning har biri 70-80 million evroga baholanmoqda va ular jamoani Italiya chempioniga aylantirgan Antonio Konte “Inter”dan iste’foga chiqarilgani bois, boshqa klublarga o‘tishga roziligini bildirdi.



Fikrlar