
Gvardiola: Haqiqat shundaki, biz ikki ochko ortdamiz
Pep Gvardiola "Arsenal" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Chindan ham ajoyi o‘yin. Futbolchilar va klub xodimlarini tabriklayman. Bu g‘alaba juda muhim. Biz uchrashuvning boshidan oxiriga qadar yaxshi o‘ynadik.
Shunday bo‘lsa-da, "Arsenal" hamon peshqadam. Haqiqat shundaki, biz ikki ochko ortdamiz. Keyingi uchta bellashuv ko‘p narsaga oydinlik kiritib beradi. "Fulxem" chempishonshipdan qaytda va ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Qolaversa, o‘z uyimizda "Lids" hamda "Vest Xem" bilan o‘ynaymiz. O‘z maydonimizda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi tufayli o‘zimizni qulay his qilmoqdamiz.
Eng muhimi, taqdirimiz o‘z qo‘limizda. Bu esa eng muhimi", - dedi "shaharliklar" ustozi.
Fikrlar