Gvardiola hammasini tashlab ketadi

  • 5 noyabr, 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola noyabr oyidagi iki haftalik xalqaro tanaffusdan foydalanib, qisqa muddatli ta’tilga chiqishini aytdi.

Tecno

- “Liverpul” bilan uchrashuvdan keyin 10 kunlik ta’tilgan chiqaman va dam olgani ketaman. Bizda sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tanaffus bo‘ladi. Keyin noyabrdan boshlab fevralgacha Angliya Premer-ligasi “yonadi”.

Bu jarayonga “hayajonli” degan so‘zni ishlatish to‘g‘ri bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmayman. Lekin bu juda bosim kuchli davr bo‘lishi aniq. Men o‘n yildan beri shu erdaman va bunaqa sharoitga birinchi bor tushayotganim yo‘q, - dedi Xosep Gvardiola.

Angliya Premer-ligasida 11-turning markaziy o‘yini sifatida e’tirof etilayotgan “Manchester Siti” va “Liverpul” bahsi 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!