
Gvardiola g‘alati transferga qo‘l urdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasi tarkibida “Yuventus”ning qariya himoyachisi Leonardo Bonuchchini ko‘rmoqchi.
Odatda, grand jamoalar uzoq muddat o‘ynaydigan yosh va iste’dodli futbolchilarni olardi. Biroq, Gvardiola yoshi 33dan o‘tgan Bonuchchi yana bir necha yil davomida jamoaga katta foyda keltirishiga ishonmoqda.
Bu transfer kelasi yozda amalga oshiriladi. Bonuchchi joriy mavsumda A Seriyada sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, himoda ishonchli harakat qilish barobarida raqiblar darvozasiga bir juft gol ham urdi.
Futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha davom etadi va uning transferi 18 million evroga baholangan.
Fikrlar