Gvardiola: "Foden yaxshi vinoga o‘xshaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Fil Fodenning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida gapirdi.
"Foden ulg‘aydi. U mashg‘ulotlarda avvalgidan ko‘proq va yaxshiroq ishlayapti. Fil oldinga qarab qadam tashlayapti va o‘tmishdagi Fodendan ham kuchliroq futbolchiga aylanish uchun xarakat qilmoqda. U o‘tgan mavsumni hisobga olmasak, har yili ideal o‘yin namoyish etayotgandi. Foden albatta yaxshilanadi. U yaxshi vinoga o‘xshaydi, vaqt o‘tishi bilan yanada yaxshilanadi", - dedi ispaniyalik murabbiy.
Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi joriy mavsum umumiy 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar