
Gvardiola: "Fillipsning ortiqcha vazni bor"
Angliya Liga kubogining 1/8 bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda "shaharliklar" tarkibida Kalvin Fillips qaydnomaga kiritilmadi. Ushbu holatdan keyin futbolchining jarohati borligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Pep Gvardiola ushbu holatga izoh berdi.
"Kalvin jaroxat olgani yo‘q. U klubga ortiqcha vazn bilan qaytdi. Futbolchi qachon tayyor bo‘lsa, o‘yinga tushishi mumkin. Bizga u kerak, juda kerak", - dedi 51 yoshli mutaxassis.
Filips Angliya terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialga tashrif buyurdi. Sautgeyt yarim himoyachiga 40 daqiqa maydonda harakatlanish imkonini berdi.
Fikrlar