
Gvardiola EChLdagi omadsizlik haqida gapirdi
Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning 2021 yilgi Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Shaharliklar" mazkur uchrashuvda "Chelsi"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
"Qarorlar men to‘g‘ri deb o‘ylagan narsam, qanday o‘ynashni xohlayotganim va o‘yinchilarimning holatiga bog‘liq edi. Finalda mag‘lub bo‘lganimizga qaramay, menda ushbu turnirdan ajoyib xotiralar qolgan.
Chempionlar ligasida ikkinchi bo‘lish - bu aqlbovar qilmaydigan muvaffaqiyat, nazdimda. O‘z navbatida finalda ishtirok etish - "Manchester Siti" uchun sharaf", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar