
Gvardiola: "Bu qiziqarli final bo‘ladi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o‘yin o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu qiziqarli final bo‘ladi. Agar bu o‘yinda mag‘lub bo‘lsak, chempionlik poygasi tugaydi. Biz bir oy oldin jadvalda "Arsenal"ga etib olishimizni aytgan edik. Qanchalik qiyin bo‘lishini bilgan holda fursatdan foydalanmoqchimiz, ammo bungacha Chempionlar ligasining yarim finaliga, shuningdek, Angliya kubogi yarim finaliga chiqishni hal etishimiz kerak", - deydi ispaniyalik mutaxassis.
30-turdan so‘ng “kanonirlar” 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilib, "shaharliklar"dan 3 ochko oldinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu to‘qnashuv 26 aprel kuni "Etihad" arenada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar