Gvardiola bozordan chiqdi

  • 3 oktabr, 2020, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola unga joriy transferlar mavsumida boshqa futbolchi kerak emasligini, lekin jamoadan ayrim o‘yinchilar ketishi mumkinligini bildirdi.

Tecno

- Biz transferlar bozorini yopdik. Lekin kimlardir klubdan ketishni istab qolishi mumkin. Oxirigacha sabr qilaylik. Yangi olingan Ruben jamoamiz uchun keyingi 6-7 yil ichida muhim o‘yinchi bo‘lib qoladi, - dedi Gvardiola.

“Manchester Siti” yozgi transferlar mavsumida Natan Ake, Ferran Torres va Ruben Diashni o‘z safiga qo‘shib oldi. “Shaharliklar” tarkibini Leroy Sane, David Silva, Kllaudio Bravo va Nikolas Otamendi tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!