
Gvardiola: Bo‘ldi, hammasi tamom!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlarning qachonlardir “Barselona”ga qaytish haqidagi savollariga aniq va lo‘nda javob qaytardi.
- Hammasi tamom bo‘lgan. Abadiy tugagan. Hammasi ajoyib bo‘lgan edi, baribir yakuniga etib bo‘lgan, - dedi Xosep Gvardiola.
Ispaniyalik mutaxassis Kataloniya superklubini 2008-2012 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida “Barselona” bir necha nufuzli sovrinlar, xususan, UEFA Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Xosep Gvardiola keyinchalik “Barselona”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tdi. Myunxen klubi futbolchilari bilan ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
53 yoshli mutasaxassis 2016 yildan beri “Manchester Siti”ga ustozlik qilib kelmoqda. “Shaharliklar” uning qo‘l ostida olti bor Angliya chempioni bo‘ldi va o‘z tarixida ilk marotaba Evropa Chempionlar ligasida zafar quchdi.
Fikrlar