
Gvardiola bir shogirdidan voz kechishga rozi bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola portugaliyalik yarim himoyachi Mateush Nuneshni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
Ispaniyaning mutaxassisning bu qarorga kelishi Ilkay Gyundog‘anning klubga qaytgani bilan bog‘liq. Ungacha Nunesh o‘yin amaliyoti kamligidan shikoyat qilayotgan edi. Sobiq sardorning qaytishi 25 yoshli futbolchining yo‘llarini yopadi.
Daily Star nashrining yozishicha, Gvardiola Nuneshning ketio‘iga to‘sqinlik qilmoqchi emas. Garchi bu futbolchi klubga qimmatga tushgan bo‘lsa-da, uning xizmatlari kerak bo‘lmay qoldi.
“Shaharliklar” o‘tgan yoz Ilkay Gyundog‘an jamoani tark etganidan keyin Nuneshni “Vulverxempton”dan olish uchun 54 million funt sarflagan edi.
Ayni paytda portugaliyalik o‘yinchiga “Liverpul”, “Chelsi”, “Nyukasl”, “Vest Xem” va “Everton”dan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Fikrlar