Gvardiola “Barsa”ning yo‘lini to‘solmaydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Barselona” taklif qilayotgan Erik Garsiyani jamoada ushlab qola olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ispaniyalik mutaxassis o‘z hamyurtini “shaharliklar” tarkibida qolishga qo‘ndirish maqsadida uni asosiy tarkibda o‘ynatib kelayotgan edi. Biroq, Pepning bu siyosati ish bermadi. Garsiyaning o‘zi Kataloniyaga qaytib ketish fikridan qaytmadi va o‘z maqsadini qat’iy tarzda bildirdi.
“Barselona”da tarbiyalangan Erik Garsiya “Manchester Siti” bilan yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.
Agar manchesterliklar qishda uni “Barselona”ga sotmasa, unda 19 yoshli himoyachi yozda erkin agent sifatida ketadi va kataloniyaliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.



Fikrlar