Gvardiola Alvesni "Siti"da ko‘rmoqchi

  • 13 iyul, 2019, 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan himoyachi Dani Alves faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 36 yoshli braziliyalik futbolchini "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi.  Ta’kidlash kerakki, Alves o‘z vaqtida “Barselona”da aynan Gvardiola qo‘l ostida to‘p surgan va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

Ma’lumotlarga qaraganda Alves uchun “shaharliklar”ga Milanning “Inter” klubi raqobat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!