Gvardiol: "Donnarumma jamoaga juda tez moslashdi"
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaga yaqinda qo‘shilgan darvozabon Janluiji Donnarumma haqida fikr bildirdi.
"Manchester Siti"da har doim yuksak darajadagi darvozabonlar bo‘lgan va Donnarumma ham shulardan biri. U jamoaga juda tez moslashdi. Bu juda muhim, deb o‘ylayman. Esimda, men kelganimda ligaga, raqobatga moslashish uchun qancha vaqt kerak bo‘lgan. Biz uni jamoamizning bir qismi bo‘lganidan mamnunmiz, u ham ishini yaxshi bajaryapti. Bu faqat uning emas, butun jamoaning mehnati.
Menimcha, biz yanada katta natijalarga erishishimiz mumkin. Biz bir-birimiz uchun kurashyapmiz, bir-birimiz uchun ishlayapmiz, o‘zaro muloqotimiz ham kuchaygan — bu behad yaxshi holat.
Bundan tashqari, bunday darvozabon bo‘lishi o‘yinni ancha engillashtiradi. U to‘p bilan yaxshi muomala qiladi, ayniqsa uning bo‘yi katta ekanligini hisobga olganda. U darvozadan chiqishdan qo‘rqmaydi. Menimcha, u jamoa uchun juda muhim", — dedi xorvatiyalik himoyachi.



Fikrlar