
Gvardiol: “Balki bir kun kelib men bu klubda o‘ynarman”
“Leyptsig” himoyachisi Yoshko Gvardiol “Chelsi”ga o‘tishi haqda xabarlar paydo bo‘ldi. Futbolchining o‘zi bu mish-mishlarga reaktsiya bildirdi.
“Transfer bilan mening agentlarim ishlaydi. Hozir men “Leyptsig”da baxtliman. “Chelsi” katta klub va balki bir kun kelib men mazkur jamoada o‘ynarman”, - dedi 20 yoshli himoyachi.
Gvardiol Xorvatiyaning asosiy futbolchilaridan bir hisoblanadi. Terma jamao guruxda ikkinchi o‘rinni olgan holda, pley-offda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar