
Gvadiola “Real“ning eng muhim o‘yinchisini olib ketmoqchi
“Manchester Siti” yangi tarkibni shakllantirish ishlarini yozgi transferlar davrida ham davom ettiradi. Xosep Gvardiola iste’dodli yosh ijrochilar qatorida nomdor fubolchilarni ham o‘z loyihasiga jalb etmoqchi.
Ispaniyalik mutaxassis “Real”ning eng muhim o‘yinchilaridan hisoblangan Federiko Valverdeni Manchesterga ko‘chirib kelmoqchi.
“Manchester Siti” murabbiylar shtabiga urugvaylik futbolchining universalligi, Federikoning yarim himoyaning turli nuqtalarida, o‘ng qanot himoyasida va hujumchi ortida o‘ynay olish qobiliyati ma’qul kelmoqda.
Xususan, Gvardiolaning o‘zi Valverde u qo‘llayotgan o‘yin uslubiga to‘liq mos tushadi, degan fikrda. Ispan murabbiyiga 26 yoshli futbolchining yuqori jismoniy tayyorgarligini barqaror ushlab turishi hamda taktik intellektining yuqoriligi ayniqsa yoqadi.
Transfer bo‘yicha mutaxassislar “shaharliklar”ning bu tanlovi o‘ta murakkab ekanini ta’kidlamoqda. Chunki Valverdeni olish uchun avval “Real”ni, keyin esa, o‘yinchining o‘zini hamkorlikka ko‘ndirish talab etiladi.
Fikrlar