
Gus Xiddink: Rossiyalik futbolchilar ukrainaliklardan kuchli, ammo...
Niderlandiyalik mashhur mutaxassis Gus Xiddink jurnalistlar bilan suhbatda ukrainalik va rossiyalik futbolchilarni mahorat saviyasi bo‘yicha solishtirdi.
Xiddinkning RB-Sport nashriga aytishicha, ukrainalik futbolchilar rossiyaliklardan kuchli emas, balki kuchsizroq. Ammo u yaqin orada rossiyalik futbolchilarni top-klublarda ko‘rishimiz dargumon ekanligini ham takidladi.
"Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar tufayli Evropa jamoalari rossiyalik futbolchilarni sotib olmaydi", - deya qo‘shimcha qildi Xiddink.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Londonning “Chelsi” klubi 100 million evro evaziga ukrainalik yosh yarim himoyachi Mixaylo Mudrik bilan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar