
Gullit: Portugaliya terma jamoasida Ronaldudan yaxshiroq zarba beradiganlar bor
"Milan" jamoasining afsonaviy futbolchisi Ruud Gullit Krishtianu Ronalduning so‘nggi paytlardagi harakatlariga o‘z fikrini bildirdi.
- Ronaldu so‘ngi 60 ta jarima zarbasidan 1 ta gol urganiga qaramay, Sloveniyaga qarshi har bir jarima zarbasini amalga oshirishga harakat qildi. Portugaliya terma jamoasida undan yaxshiroq zarba beradiganlar bor, lekin u odatdagidek buni o‘zi qilishni xohladi va barcha e’tiborni o‘ziga qaratishni istadi. U hech qaysi jarima zarbalaridan foydalana olmadi va penaltidan gol ura olmadi, keyin esa timsohlarning ko‘z yoshlari multfilmidagi kabi yig‘lab yubordi. Ronalduning qilayotgan ishlarini to‘g‘ri qabul qiyin, - dedi niderlandiyalik futbolchi.
Fikrlar