Gukesh: "Abdusattorov da’vogar qatorida ekanligi, jahon chempioni bo‘lishga birinchi qadami"

  • 4 sentabr, 16:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Kecha shaxmat jamoatchiligi Abdusattorovning "Gukesh chempionlikni saqlab qola olmaydi" degan gapini muhokama qilishdi. Gukeshning o‘zi Grand Swiss oldidagi matbuot anjumanida Nodirbekning o‘zi da’vogar bo‘lish uchun ancha yo‘lni bosib o‘tishi kerakligini ta’kidladi.

Tecno

"Birinchidan, Nodirbek Abdusattorov ajoyib shaxmatchi ekani va u juda qobiliyatli, ammo bu turnirda u faqat da’vogarlar qatoridan joy olishi mumkin, shuning uchun bu jahon chempioni bo‘lish yo‘lidagi yana bir qadam", - dedi Gukesh.

 "Samarqandga qaytganimdan xursandman. Men bu erda 2023 yilda tezkor shaxmat va blits bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etganman. Yana shu erda bo‘lish yoqimli. Saralashdan o‘tishim shart bo‘lmasa-da, bu baribir ajoyib turnir deb o‘ylayman. Shveysariya tizimi bo‘yicha super kuchli ochiq turnirlar unchalik ko‘p emas. Men uchun bu boshqa formatda o‘ynash va o‘zimni ko‘rsatish imkoniyati."

Gukesh, shuningdek, musobaqaga tayyorgarligi oldindan tanlangan o‘yinchilar ishtirok etadigan boshqa - yopiq turnirlardan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirdi.

"Shveysariya tizimidagi turnirlarda ko‘proq partiyalarni yutish va biroz ko‘proq tavakkal qilish kerak. G‘alabaga chanqoq shaxmatchilar va qiziqarli o‘yinlar ko‘p bo‘lishidan xursandman. Yopiq turnirlarda ko‘p o‘ynaganimga qaramay, tayyorgarligimni ochiq turnirga moslashtirishga harakat qilaman."

Gukesh turnirda g‘alaba qozonish uchun kimni favorit deb bilishi haqidagi savolga diplomatik tarzda shunday javob berdi: "Bu turnir shunchalik kuchliki, deyarli har kim g‘alaba qozonishi mumkin. Men favoritlarga unchalik ishonmayman."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!