
Grizmannga yangi jamoa topildi
“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida Serxio Aguero o‘rniga to‘purar hujumchi olishni maqsad qilgan.
“Shaharliklar” bu borada asosiy nishon sifatida “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni belgilagan edi. Klub hujumchi uchun 100 million funt taklif qilib, londonliklardan rad javobini oldi.
Endi zaxira varianti sifatida Xosep Gvardiola o‘z jamoasiga Antuan Grizmanni taklif qilyapti. “Barselona” Messi bilan shartnoma imzolash imkoniga ega bo‘lish uchun katta maosh oladigan bir necha yulduzlarini sotishga qaror qilgan.
Ketadiganlar ro‘yxatiga tushgan frantsiyalik to‘purar ham transferga qo‘yiladi. Kataloniyaliklar bu o‘yinchi uchun 50 million evro so‘rayapti.
Agar bu transfer ham o‘xshamasa, “shaharliklar” Italiya chempionati g‘olibi – “Inter”dan Lautaro Martines, “Borussiya”dan Erling Xoland va “Sautgempton”dan Denni Ingzni olishga harakat qiladi.
Fikrlar