Grizmann Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash taklifini rad etdi. Sababi...

  • 25 iyun, 2023, 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann jamoani tark etish niyatida emas.

Tecno

Bundan avvalroq Saudiyaning "An-Nasr" klubi futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi. Aytish kerakki, Grizmanning “matraschilar” bilan imzolagan shartnomasida tovon puli atigi 25 million evro etib belgilangan.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan Saudiya jamoasi vakillari allaqachon Londonda frantsuz  futbolchisining agentlari bilan uchrashgan.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 32 yoshli hujumchining rejalariga hozircha Saudiyaga ketish kirmaydi. Unga "Atletiko" yoqadi va shu sababli u Madridda qolib, faoliyatini davom ettirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Antuan o‘tgan mavsum La Ligada 15 gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!