Grizmann "Inter"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

  • 5 mart, 2024, 20:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Inter" - "Atletiko" bahsining birinchi o‘yinida Antuan Grizmann jarohat olib, maydonni erta tark etgandi.

Tecno

Shundan keyin frantsuz "Almeriya", "Atletik" va "Real Betis"ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Ko‘plab madridlik muxlislar Grizmanning "Inter" bilan bo‘lib o‘tadigan javob bahsigacha safga qaytishidan umidvor. 

"Marca" nashri Antuanning milanliklarga qarshi o‘yinda maydonga tushishini ma’lum qildi. dastabki to‘qnashuvda minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan "matraschilar" 14 mart kuni kambek qilishga harakat qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!