Grizmann 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat haqida: "Bu — futbol, ishlashda davom etamiz"

  • 16 iyun, 17:15
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Madrid" klubi hujumchisi Antuan Grizmann Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida PSJdan qabul qilingan yirik mag‘lubiyat (0:4) haqida o‘z fikrlarini bildirdi:

Tecno

"O‘tgan galgi o‘yindagi (Chempionlar ligasi, noyabrdagi 2:1 hisobidagi g‘alaba)dek harakat qilamiz deb o‘ylagandik. Lekin bu safargi o‘yin issiq ob-havo sabab ancha qiyin kechdi. 2-3 ta vaziyat bor ediki, o‘yin taqdirini o‘zgartirishi mumkin edi. Lekin bu — futbol. Ishlashda davom etish kerak. 

PSJning shunday o‘yini biz uchun kutilmagan emas. Ular bilan ilgari ham o‘ynaganmiz, Chempionlar ligasida ularning o‘yinlarini televizor orqali kuzatib boramiz — chunki ular doimo oldinga boradi.

"Atletiko" uchun bu erda hech qanday kutilmagan holat yo‘q edi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik... juda afsuski, yutqazdik" deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi frantsiyalik hujumkor yarim himoyachi. 
 
Eslatib o‘tamiz, matraschilar keyingi uchrashuvini 20 iyun kuni soat 03:00da "Sietl Saunders"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!