Grinvud Tuxel bilan nozik masalada gaplashib olmoqchi

  • 21 oktabr, 2024, 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" vingeri Meyson Grinvud Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlangan Tomas Tuxel va Angliya futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashib, Angliya terma jamoasiga qaytish masalasini muhokama qilmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktyabrida Grinvud zo‘rlashga urinish, zo‘ravonlik va zo‘rlash harakatlarida ayblangan, biroq futbolchiga qo‘yilgan ayblovlar 2023 yilning fevralida asosiy guvohlar ishdan voz kechgach, olib tashlangan edi.

Shunga qaramay, futbolchi JCh-2026ga chiqish uchun Tomas Tuxel jamoasiga o‘tish niyatida. Agar u Angliya terma jamoasiga qaytarilmasa, xalqaro maydondagi faoliyatini Yamayka terma jamoasida davom ettirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!