Grinvud Madrid klubida rekord o‘rnatdi

  • 15 sentabr, 2023, 14:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Xetafe" klubi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan hujumchi Meyson Grinvudning yozuvi tushirilgan futbolkalarni rekord miqdorda sotdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Tecno

Aytish kerakki, madridlik muxlislar 21 yoshli angliyalik futbolchini juda iliq qarshi olishdi. Uning taqdimotiga 4 ming kishi keldi. Biroq marosimda Grinvudning nega futboldan chetlatilgani haqidagi savollar taqiqlangan. Iyul oyida klub tomonidan ingliz tilida yaratilgan Twitter akkauntiga 46,5 ming obunachi qo‘shildi. "Xetafe" bir hafta ichida Grinvud nomi yozilgan futbolkalarni klub tarixidagi boshqa o‘yinchilarga qaraganda ko‘proq sotdi.

"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha "Xetafe"da ijara asosida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud zo‘rlashga urinish va zo‘rlashda gumonlanib hibsga olinganidan keyin 18 oydan ko‘proq vaqt davomida "Manchester Yunayted"da o‘ynamadi. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!