Grinvud La Ligaga qaytishi mumkin
"Marsel" vingeri Meyson Grinvud xizmatlariga Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"The Sun" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar angliyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib bormoqda. Klub skautlari "Marsel"ning "Gavr"ga qarshi o‘yinini stadiondan tomosha qilgan va uchrashuvda Grinvud "poker" qayd etgan edi. "Qo‘k-anorranglilar" raxbariyati 24 yoshli ingliz futbolchisining o‘yinlaridan hayratda qolgan va uni jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Futbolchining frantsuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.
Ma’lumot uchun, Grinvud joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar