Grigoriy Kolosovskiy: "Natijadan qoniqmadim. Aftidan, "Andijon" ustozi ham men kabi fikrda bo‘lsa kerak"

  • 20 oktabr, 2024, 02:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” – “Andijon” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bekobodliklar ustozi Grigoriy Kolosovskiy ishtirok etdi.

Tecno

- Ha, uchrashuv final hushtagi chalingunga qadar hammani bosim ostida ushlab turdi. Chunki u yoki bu darvoza oldida golga tortadigan xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Biz “Andijon”ni Kubok finalidagi o‘yini orqali astoydil o‘rganib chiqdik. Bunga qadar ham ularning ayniqsa standart vaziyatlarda xavfli o‘ynay olishlarini bilardik. Shu bois o‘yinimizni himoyadan keskin qarshi hujumlar namoyish etishga harakat qilgan holda tashkil etishni ma’qul topdik. Ha, Bubanya himoyachilarimizdan bir kalla bo‘ydorligi uchun "ikkinchi qavat"dagi kurashlarda yutdi. Ammo unga bundan samarali foydalanish imkonini bermadik. Xullas, raqibdan shunaqa o‘yin kutgan holda tayyorgarlik ko‘rgandik. Ko‘rinib turibdiki, urinishlarimiz zoe ketmadi.

- Bo‘ychan “Andijon” himoyachilariga qarshi nega jamoangizning bo‘ydor futbolchisi Sekulich maydonga tushirilmadi?

- Bilasizmi, u "ikkinchi qavat"da unchalik samarali harakatlana olmaydi. Biroq to‘pni o‘zida yaxshi saqlay olgan holda katta ko‘lamda ish bajaradi. O‘rinboev ham to‘pni yaxshi saqlay oladi va imkon tug‘ilgan zahoti zarba nuqtasiga chiqishga harakat qildi. Sekulich -bu butunlay boshqacha ijrochi. Undan keyingi o‘yinda foydanmoqchimiz.

- Uchrashuv natijasidan qoniqdimmi? 

- Shogirdlarimning o‘yiniga e’tirozim yo‘q, lekin yakuniy natijadan ko‘nglim to‘lmadi. Chunki bir joyda depsinib turibmiz. Turnir jadvalidagi o‘rnimizdan kelib chiqqan holda aytsam, biz yana bir qadam ortga tashladik. Vaholanki, “Lokomotiv” “Bunyodkor”ga yutqazib, biz uchun yaxshi sovg‘a tayyorlagandi. Keyingi turda “Navbahor” mehmoni bo‘lamiz. Bizni yanada jiddiy sinov kutmoqda.

- “Metallurg” bir ochko ishladimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?

- Bilasizmi, uchrashuvlarda yomon o‘ynamayapmiz, vaziyatlarni yuzaga keltirmoqdamiz, faqat ulardan foydalanish chog‘ida sira omadimiz chopmayapti. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamiz. Baxtga qarshi qaerdadir omadimiz chopmayapti, ba’zida raqiblar mahoratliroq chiqmoqda. Qisqasi, yakuniy natijadan qoniqmadim. Aftidan, “Andijon” ustozi ham men kabi fikrda bo‘lsa kerak. Nima qilamiz: xafsalani tushirmasdan bundan keyin ham ishlashda davom etamiz! Yana qaytaraman: “Navbahor”ga qarshi bahs oson bo‘lmasligi aniq. To‘g‘ri, “Navbahor”ga ham oson bo‘lmaydi. Ertaga ular derbida “Neftchi” bilgan bellashadilar. Qolaversa, yaqinda Kubok finalini o‘tkazdilar. Shunaqa ekan,  har narsa bo‘lishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!