
Gretsiya chempionati. Masharipov to‘p tepayotgan "Panserraikos" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi
Gretsiya chempionati 13-turidan o‘rin olgan "Asteras" - "Panserraikos" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Xuan Miritelo tomonidan 78-daqiqada kiritilgan gol "Asteras"ga 3 ochko taqdim etdi. Shunday bo‘lsa-da, legionerimiz to‘p tepayotgan jamoa bahs davomida to‘liq ustunlik qildi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdi
Qayd etish lozim, legionerimiz Jaloliddin Masharipov mazkur bellashuvda to‘liq 90 daqiqada harakat qildi. Ayni vaqtda "Panserraikos" Gretsiya chempionati turnir jadvalida 13 ochko bilan 9-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar