Grandlar nishonidagi “yulduzcha” sotuvga qo‘yilmoqda

  • 23 avgust, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qator katta klublar nishonida turgan Eduardo Kamavinga “Renn” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan keyin klub rahbariyati 18 yoshli yarim himoyachini 31 avgustga qadar sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Eduardo Kamavinganing amaldagi kelishuvi 10 oydan keyin yakunlanadi. Shu bois, frantsiyaliklar kuyib qolmaslik uchun uni tezroq sotib yubormoqchi. “Renn” bu transferdan hech bo‘lmaganda 35 million evro ishlab olmoqchi.

Eduardo Kamavingaga asosan “Real” da’vogarlik qilayotgan edi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” ham Pol Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, o‘rniga “Renn” tayanch yarim himoyachisini taklif qilishni rejalashtirgan.

Kamavinga Frantsiya terma jamoasida ham aynan Pol Pogbaning o‘rinbosari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!