
Grandklub bitta o‘yinchi uchun uchta yulduzni bermoqchi
Italiyaning mashhur klublaridan “Yuventus” kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan. Turinliklar chempionat oldidan tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.
Bosh murabbiy Igor Tudorga “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Jeydon Sancho ma’qul kelgan. Italiya klublari odatda o‘yinchilar uchun katta badal puli to‘lamaydi. Shu bois, Turin superklubi “Manchester Yunayted” mutasaddilariga rokirovka taklif qilyapti.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, Manchester klubi vakillari Sancho transferi doirasida Turindan ketishga tayyor turgan to‘purar Dushan Vlaxovich, Angliyada o‘ynash tajribasiga ega Duglas Luis va hujumkor futbolchi Timoti Veadan birini tanlashi mumkin.
Transfermarkt ekspertlari hozirgi paytda Vlaxovichni 35, Duglas Luisni 30 va Veani 17 million evroga baholamoqda. O‘z davrida narxi 100 million evro atrofida bo‘lgan 25 yoshli Jeydon Sanchoning bugungi kundagi transfer summasi 28 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar