"Grand Slam Tashkent - 2021". Ikkinchi kun hamyurtlarimiz uchun omadli boshlandi

  • 6 mart, 2021, 10:16
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqasining ilk raundlarida ishtirok etayotgan bir qator hamyurtlarimiz g‘alaba qayd etdi. 

Tecno

Bir vaqtning o‘zida ikkita tatamida ikki dzyudochimiz kuchli raqibga qarshi bahs olib bordi. -73 kg vazn toifasida Obidxon No‘’monov braziliyalik tajribali raqibi Eduardo Barbosani mag‘lubiyatga uchratdi. -81 kg vaznda Suhrob Tursunov vengriyalik Robert Rajkayni engdi. Yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni Jaloliddin Boynazarov olimpiya o‘yinlari sovrindori, vengriyalik Miklos Ungvarini musobaqadan chiqarib yubordi.

Endi No‘’monov ikkinchi davrada qozog‘istonlik Angsarbek Gaynullinga, Boynazarov armanistonlik Ferdinand Karapetyanga, Tursunov AQSh terma jamoasi a’zosi Nikolas Delpopologa qarshi tatamiga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!