"Grand Slam Tashkent - 2021". -73 kg vazn toifasida 3 ta vakilimiz nimchorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi, birgina Boynazarov armanistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi

  • 6 mart, 2021, 12:02
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda Toshkentdagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tayotganidan xabardorsiz. Ushbu musobaqaning -73 kg vazn toifasidagi nimchorak finalchilari aniqlandi. Unga ko‘ra, 4 sportchimizdan 3 tasi 3-raundga yo‘l olishni uddaladi. 

Tecno

Ukrainalik Artyom Xomulani enggan Murodjon Yo‘ldoshev keyingi bosqichda moldovalik Viktor Sterpuni sinovdan o‘tkazadi. Qozog‘iston vakili Angsarbek Gaynullinni taslim etgan Obidxon No‘’monov nimchorak finalda Tommi Masias bilan bel olishadi. Ukraina vakili Oleksandr Koshlyakka hech qanday imkoniyat qoldirmagan G‘olibjon Sulaymonov esa, kelgusi bahsda mo‘g‘ulistonlik Tsendr-Ochurga qarshi kurashadi. 

Ushbu vazndagi vakillarimizdan birgina Jaloliddin Boynazarov ikkinchi bosqichda Ferdinand Karapetianga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!