
Gollarga boy o‘tishi kafolatgan o‘yin uchun prevyu
Evro birinchi tur uchrashuvlari davom etadi. Bugun "B" guruhidan o‘rin olgan Ispaniya - Xorvatiya uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ikkala jamoa bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Ispaniya
Jahon chempionatidan keyin Ispaniya uchun ko‘p narsa o‘zgardi. Birinchi navbatda yangi murabbiy masalasi ko‘pchilikni hayratga solgandi. Ammo De la Fuente terma jamoaga bo‘lgan ishonchni qaytara oldi. Uning shogirdlari saralash bosqichida Shotlandiyadan o‘tib, guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqdi. 62 yoshli mutaxassis oldida endi katta sinov turibdi. Sababi, jamoa so‘nggi marta "Evro-2012"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shundan beri "qizil furiya"ni yirik chempionatlarda "omadi chopmayapti". Ayniqsa, ularning pley-off o‘yinlarining ikkitasidagina g‘alaba qozongani odamni ajablantiradi. Ammo ayni paytda tarkib bo‘yicha muammolar nisbatan kamroq. Ayniqsa, Lamin Yamal va Niko Uilyamsga bildirilayotgan ishonch katta. Ular yaqin do‘stlar ekanligi bu tandemni yanada bir-birini yaxshi tushinib harakat qilishini anglatadi. Aslida bu Ispaniya terma jaomasida uzoq yillardan beri kuzatilmayotgan holat, ya’ni bu yarim himoyachilar mamlakati hisoblanadi. Shuningdek, tarkibga kuchli xavbeklar yig‘ilgan. Pedrining ga qarshi o‘yinda qilgan dubli orqali sport formasini tiklab olganini bildirmoqda. "Manchester Siti"ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan Rodri, ChL g‘oliblari Nacho, Karvaxal kabi o‘yinchilar bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Xorvatiya
2018 yilgi Jahon chempionatidan keyin ko‘plab jamoalarda murabbiylar almashdi. Ammo o‘sha turnirda yarim finalgacha etib borgan Xorvatiyaning ustozi hali ham Zlatko Dalichdir. 57 yoshli mutaxassis so‘nggi yillarda jamoani stabillashtira oldi. Ular o‘tgan JChda ham yarim finalgacha etib borib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Endi agarda Xorvatiya kamida 1/2 finalga chiqa olsa, mo‘’jiza hisoblanmaydi. Jamoa saralashda Turkiyaga birinchi o‘rinni boy berib qo‘ygandi, lekin xorvatlar o‘tgan yilning oktyabridan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Shu bilan birga, o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Portugaliyani mag‘lub qila oldi.
O‘zaro o‘yinlar
Ispaniya va Xorvatiya ishtirokidagi o‘yinlarda ko‘p gol uriladi. Millatlar ligasidagi o‘yinni hisobga olmaganda so‘nggi 3 ta o‘yinda jamoalar 19 ta gol kiritgan. Undan ikkitasida ispanlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir marotaba xorvatlarning qo‘li baland kelgandi va bularning barchasi rasmiy turnirlarda bo‘lgan uchrashuvlardir. Tomonlar aynan Evro chempionatida 2016 va 2012 yillarda to‘qnash kelishgan. Portugaliya chempion bo‘lgan turnirda Perishichning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga Xorvatiya yutgan bo‘lsa, bundan 12 yil oldingi bahsda Navasning yagona goli "qizil furiya"ga g‘alaba olib kelgan.
Taxminiy tarkiblar
Ispaniya: Simon, Karvaxal, Le Normand, Nacho, Grimaldo, Merino, Rodri, Pedri, Lamin, Morata, Uillyams
Xorvatiya: Livakovich, Stanichich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich, Brozovich, Kovachich, Mayer, Budimir, Kramariya
Fikrlar