Gollarga boy o‘tgan bahsda "Bunyodkor" kambek amalga oshirdi

  • 19 oktabr, 2024, 17:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-tur o‘yinlari davom ettirildi.

"Lokomotiv" o‘z stadionida "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib bordi. 

Birinchi bo‘limning 13-daqiqasida Kichin penaltidan unumli foydalanib hisobni ochdi. 25-daqiqadagi Filipovichning goli kuchlarni tenglashtirgan bo‘lsa, Kichin tomonidan kiritilgan ikkinchi gol "Lokomotiv" oldinga olib chiqdi. 68-daqiqaga kelib Muqumjonov gol kiritib oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuv yakuniga 4 daqiqa qolganda esa Kachorri raqib darvozasini io‘g‘ol etgan holda kambekni amalga oshirdi.

Bu g‘alaba mezbonlar uchun juda muhim edi. Sababi, "Bunyodkor" 10 yildan beri "Lokomotiv" stadionida muvaffaqiyat qozona olmayotgan edi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Lokomotiv" mazkur turda ochkosiz qoldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!